Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
"London Post": O'zbekiston barqaror rivojlanish va karbonsizlanish sohasida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun namuna bo'la oladi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

"London Post": O'zbekiston barqaror rivojlanish va karbonsizlanish sohasida Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun namuna bo'la oladi



LONDON, 12-noyabr. /"Dunyo" AA/. Britaniyaning "London Post" yangiliklar portalida "O'zbekiston iqtisodiyotini dekarbonizatsiya salohiyati" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

 

Unda global miqyosda past uglerodli iqtisodiyotga o'tish sharoitida O'zbekiston issiqxonalar chiqindilarini kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish bo'yicha faol harakatlarni amalga oshirayotgani qayd etilgan.

 

"O'zbekiston uchun iqtisodiyotni karbonsizlantirish strategik muhim vazifa bo'lib, u energetika va sanoatdan tortib transport hamda qishloq xo'jaligigacha bo'lgan iqtisodiyotning barcha muhim tarmoqlarini qamrab oladi", – deyilgan maqolada.

 

Ta'kidlanganidek, O'zbekiston Iqlim bo'yicha Parij kelishuvi doirasida Glazgoda bo'lib o'tgan BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha hadli konvensiyasi (COR-26) ishtirokchilari konferensiyasining 26-sessiyasida 2030 yilgacha yalpi ichki mahsulot birligiga issiqxona gazlari emissiyasini 2010 yilgi darajadan 35 foizga kamaytirish bo'yicha asosiy majburiyatlarni o'z zimmasiga oldi. Ushbu maqsadga erishish uchun kam uglerodli rivojlanish milliy strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

 

Qayd etilishicha, O'zbekiston iqtisodiyotini karbonsizlantirish barqaror rivojlanish va iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish yo'lidagi muhim qadamdir. Maqsadlarga erishish integratsiyalashgan yondashuvni talab qiladi.

 

"Energetika bozorini liberallashtirish O'zbekiston iqtisodiyotini karbonsizlantirish yo'lidagi asosiy qadamdir, – deb yozadi nashr. – Shu bilan birga, hisob-kitoblarga ko'ra, 2030-yilga borib mamlakatda elektr energiyasiga bo'lgan talab 120 milliard kVt/soatga yetishi mumkin".

 

Shu munosabat bilan O'zbekistonning dekarbonizatsiya jarayonlarini faollashtirish bo'yicha asosiy qadamlaridan biri energetika bozorini liberallashtirish bo'ldi. Energetika bozorini liberallashtirish tashabbusi mamlakat rahbarining "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi farmoni bilan bog'liq bo'lib, unda elektr energiyasi yetkazib berishda monopoliyani bekor qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish nazarda tutilgan.

 

Shuningdek, elektr energiyasining yagona savdo platformasini yaratish va uni 2024-yil oxirigacha ishga tushirish vazifasi qo'yildi. 2026-yilgacha elektr energiyasiga bo'lgan talab va taklif asosida shakllanadigan erkin ulgurji bozorni joriy etish rejalashtirilgan.

 

"Yaqin kelajakda mintaqa ko'plab qiyinchiliklarni yengib o'tishi kerak, biroq kompleks yondashuv va aniq belgilangan strategik maqsadlar tufayli O'zbekiston barqaror rivojlanish va karbonsizlanish sohasida Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari uchun namuna bo'la oladi", – deb yozgan "London Post".