Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
London markazida o'zbek milliy taomlari restorani ochildi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

London markazida o'zbek milliy taomlari restorani ochildi



Buyuk Britaniya poytaxti London shahrining markaziy ko'chalaridan birida o'zbek milliy taomlari tamaddixonasi ochildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Restoran o'zbek diasporasining faol vakillari tomonidan O'zbekiston elchixonasi ko'magida tashkil etildi.

 

O'zbek milliy taomlari restorani Londonning eng mashhur va gavjum hamda nufuzli ko'chalaridan biri – shahar aholisi va uning mehmonlari uchun diqqatga sazovor joy bo'lgan Pikadilli maydonida joylashgan.

 

Londonga har yili dunyoning turli burchaklaridan 40 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Sayyohlar mamlakat iqtisodiyotiga qariyb 36 milliard dollar foyda keltiradi.

 

Yangi tamaddixona Buyuk Britaniya poytaxtidagi O'zbekistonning o'ziga xos ramziga aylanishi kutilmoqda. Bu yerda mehmonlar, shuningdek, eng yaxshi o'zbek dizaynerlari tomonidan yaratilgan milliy uslublar bilan tanishishlari mumkin. Unda ko'plab xalq amaliy san'ati namunalari, rasmlar, milliy musiqa asboblari namoyish etilmoqda, ular sharqona taom muhitini ham o'z ichiga olgan.

 

Restoran xodimlari uchun maxsus tikilgan kiyimlarda o'zbek milliy liboslari elementlari kiritilgan. Menyudan esa palov, sho'rva, manti, do'lma, qo'zichoq, tovuq yoki aralash go'shtdan tayyorlangan o'nga yaqin kaboblar o'rin olgan.

 

- Gastronomiyasiz mamlakat yo'q. O'zbekistonda palov milliy taom hisoblanadi. An'anaga ko'ra, shifobaxsh xususiyatlarga ega bo'lgan palovimiz maxsus cho'yan qozonda baland va past olovda bir necha soat davomida pishiriladigan taomdir. Palov odatda mol yoki qo'y go'shti, guruch, no'xat va sabzidan tayyorlanadi. Samarqand, Farg'ona, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro yoki Xorazmda palovga turli xil sabzavotlar va ziravorlar ham qo'shiladi. Bayram va kundalik palov retseptlari ham bor, - deydi restoran asoschisi Muzaffar Sodiqov.