Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniya O'zbekistonning mintaqaviy tashqi siyosatini yuqori baholamoqda - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Buyuk Britaniya O'zbekistonning mintaqaviy tashqi siyosatini yuqori baholamoqda



Joriy yilning 11-17-dekabr kunlari O'zbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti vakillari amaliy safar bilan Buyuk Britaniyada bo'lishdi.

 

Safar davomida O'zbekiston elchixonasi ko'magida Buyuk Britaniya Qirollik qo'shma mudofaa tadqiqotlari instituti, Xalqaro rivojlanish instituti, Qirollik xalqaro ishlar instituti va Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti va boshqalar mutaxassislari bilan bir qator uchrashuvlar tashkil etildi.

 

Britaniya tomoniga O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, tashqi siyosatning ustuvor yo'nalishlari, jumladan, yaqin qo'shnichilikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqarorlik va taraqqiyotni ta'minlash borasidagi ishlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

 

Buyuk Britaniya vakillari O'zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlar hamda Toshkentning Markaziy Osiyoda o'zaro ishonch munosabatlarini mustahkamlash, mintaqa barqarorligi, xavfsizligi va rivojlanishiga ulkan hissa qo'shayotgan tashqi siyosatini yuqori baholadi.

 

Britaniyalik ekspertlar O'zbekiston tomonidan Afg'onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga faol hissa qo'shayotganini, ushbu mamlakatning hududida turli infratuzilma va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish, Kobulni mintaqaviy iqtisodiy aloqalarga jalb etish choralarini ko'rayotganini ham e'tirof etishdi.

 

Muzokaralar yakunida O'zbekiston va Buyuk Britaniya tahlil markazlari o'rtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish va hamkorlikda qo'shma tadbirlar tashkil etishdan manfaatdorlik bildirildi.