Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
TIVda O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

TIVda O'zbekiston va Buyuk Britaniya o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi



O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Yevropa mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig'i Oybek Shaxavdinov va Buyuk Britaniya elchisi Timoti Smart o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Suhbat chog'ida siyosiy, parlamentlararo, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi O'zbekiston-Britaniya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

 

Shuningdek, 2024-yilda o'tkazish rejalashtirilayotgan turli darajadagi qo'shma tadbir va tashriflar jadvali ko'rib chiqildi.