Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo'jaligi universiteti O'zbekiston Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti bilan birgalikda ta'lim sohasidagi qo'shma loyihalarni amalga oshiradi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo'jaligi universiteti O'zbekiston Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti bilan birgalikda ta'lim sohasidagi qo'shma loyihalarni amalga oshiradi



Mamlakatimizning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo'jaligi universiteti (Royal Agriculture University, RAU) rahbari, professor Piter Makkafferi va O'zbekiston Xalqaro qishloq xo'jaligi universiteti rektori Munira Aminova o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Britaniya tomonining ma'lum qilishicha, Qirollik agrar universitetining bakalavriat darajasidagi ta'lim dasturlarini yangi qo'shma universitet o'quv jarayonlariga joriy etish bo'yicha faol bosqich davom etmoqda. Abituriyentlar uchun "Foundation" kompleks tayyorgarlik dasturini ishga tushirish, shuningdek, yangi universitetda o'quv jarayoniga «Aqlli qishloq xo'jaligi», «Qishloq xo'jaligi texnologiyalari», «Barqaror qishloq xo'jaligi va resurslar», «Barqaror chorvachilik», «Xalqaro biznesni boshqarish» va «Oziq-ovqat sanoatida logistika» singar oltita bakalavriat dasturini joriy etish rejalashtirilgan.

 

Uchrashuv yakunlari bo'yicha qishloq xo'jaligi va veterinariya sohalarida ta'lim hamda ilmiy tadqiqotlar yo'nalishida qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi.