Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniyadan munosabat: Yangi O'zbekiston mamlakatdagi korrupsiya muammosini hal etishda katta ishlarni amalga oshirdi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Buyuk Britaniyadan munosabat: Yangi O'zbekiston mamlakatdagi korrupsiya muammosini hal etishda katta ishlarni amalga oshirdi



Global boshqaruv va geosiyosiy xatarlar bo'yicha yuqori martabali advokat va maslahatchi Zaxro Zaidi (Buyuk Britaniya) "Dunyo" AA uchun intervyusida Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyning 19-dekabr kuni Toshkentga buyurgan amaliy tashrifi va Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha yuksak xalqaro mukofot bilan taqdirlash marosimi yakunlarini izohladi:

 

- Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy mukofoti bilan taqdirlanganlarning barchasini korrupsiyaga qarshi kurashdagi ulkan yutuqlari bilan tabriklayman. Taniqli tadqiqotchilar, jurnalistlar, innovatorlar va faollarning ishi adolatli iqtisodiyot va inklyuziv o'sishni ta'minlash, jamoatchilik, siyosatchilar va biznesning shaffof va hisobot beruvchi jarayonlarga ishonchini oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.

 

Ming yil davomida O'zbekiston ilm-fan, bilim va san'at sohalarida savdo va o'zgarishlar markazi bo'lib kelgan. Zamonaviy davrda u inklyuziv o'sishni va hukumat jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha ulkan dasturni amalga oshirishga kirishdi. Ushbu tadbir o'tkaziladigan joy tasodifan tanlanmagani aniq. Yangi O'zbekiston mamlakatdagi korrupsiya muammosini hal etishda katta ishlarni amalga oshirdi va bu yo'nalishda muvaffaqiyatli odimlashda davom etmoqda.