Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamda Eksportchilar uyushmasi o'rtasida onlayn muloqot bo'lib o'tdi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamda Eksportchilar uyushmasi o'rtasida onlayn muloqot bo'lib o'tdi



Mamlakatimiz elchixonasi tashabbusi bilan O'zbekiston Eksportchilar uyushmasi mas'ul xodimlari bilan onlayn muloqot o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Uchrashuv chog'ida Eksportchilar uyushmasi raisi o'rinbosari Husniddin Ismoilov hozirda O'zbekistonda ishlab chiqarilgan hamda yetishtirilgan mahsulotlarning Britaniya bozoriga kirish tartibi va qoidalari, jumladan, logistika masalalari yuzasidan batafsil ma'lumot berdi.

 

Eksportchilar uyushmasiga a'zo salohiyatli korxonalarning Buyuk Britaniya bozoriga mahsulotlarni yetkazishi uchun imtiyoz va chegirmalar mavjudligi ta'kidlandi.

 

Mamlakatimiz elchixonasi vakillari o'z navbatida, tovarlar va xizmatlar eksporti, shuningdek, istiqbolli loyihalarga xorijiy investitsiyalar jalb etish maqsadida Buyuk Britaniyaning bir qancha yirik savdo tarmoqlari (Tesco, Lidl, Sainsbury) bilan muzokaralar o'tkazish rejalashtirilayotganini bildirishdi. Shuningdek, O'zbekistonda yetishtirilgan va ishlab chiqarilgan meva-sabzavot, tayyor, yarim tayyor iste'mol va oziq-ovqat mahsulotlarining Britaniya kompaniyalariga taklif qilish nazarda tutilayotgani ma'lum qilindi.