
Buyuk Britaniyada yashayotgan faol vatandoshimiz Zamira Ortiqova "Dunyo" AA uchun intervyusida barcha yurtdoshlarimizni kirib kelgan yangi 2024-yil bilan muborakbod etdi:
- Barchangizni yangi 2024 yil bilan xorijdagi, xususan Britaniyadagi vatandoshlar nomidan chin dildan muborakbod etman.
Hammamizning niyatimiz, tilagimiz bitta, u ham bo'lsa yurtimizda yashayotgan har bir oila, har bir inson barcha ezgu murod-maqsadiga yetsin. Jonajon O'zbekistonimiz hamisha gullab yashnasin, yurtimiz tinch bo'lsin.
Kirib kelgan yangi 2024 yil ona diyorimizga fayzu baraka, yangi yutuq va zafarlar olib kelsin.
Yangi yilingiz bilan, aziz yurtdoshlar!