Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston vakilasi dunyoning 100 nafar me'mor ayollari qatoridan joy oldi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston vakilasi dunyoning 100 nafar me'mor ayollari qatoridan joy oldi



Britaniya me'morlari Qirollik instituti (RIBA) tomonidan nashr etilgan dunyoning 100 nafar me'mor ayollar faoliyati haqidagi kitobga O'zbekiston vakilasi Taxmina Turdialiyeva ham kiritildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

«100 women architects in practice» nomli kitobning rasmiy taqdimoti Londonda joriy yilning 23 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Kitobda ayollarning arxitekturaviy muhitga qo'shgan hissasi haqli ravishda e'tirof etiladi va butun dunyo bo'ylab ayol-me'morlarning boy, xilma-xil va qiziqarli faoliyati haqida ma'lumotlar beradi.

 

Nashrda Taxmina Turdialiyeva tomonidan poytaxtimizda loyihalashtirilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Shota Rustaveli ko'chasidagi ma'muriy binosi va Zamonaviy san'at markazidagi yozgi hovlining soyali konstruksiyasi haqidagi ma'lumotlar o'rin olgan.

 

Taxmina Turdialiyeva Toshkent arxitektura-qurilish instituti va Xitoyning Xuachjun fan va texnologiya universitetini tamomlagan. U «Better Together Challenge-2019» (Koreya Respublikasi), «Turkistan Architect Awards» (Qozog'iston) xalqaro arxitektura tanlovlari laureati hisoblanadi. Taxmina Turdialiyeva Xitoy va Italiyada ishlagan. Bugungi kunda Toshkentda xususiy «TT Design Lab» arxitektura studiyasiga rahbarlik qilmoqda.