Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Bugun Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o'rinbosarining O'zbekistonga tashrifi boshlanadi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Bugun Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o'rinbosarining O'zbekistonga tashrifi boshlanadi



O'zbekistonning Londondagi elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Leo Dokerti bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqot chog'ida Britaniya tomoniga Yangi O'zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida batafsil ma'lumot berildi.

 

Tomonlar O'zbekiston-Buyuk Britaniya hamkorligini yanada rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashildilar. Shuningdek, muloqot chog'ida Leo Dokertining joriy yil 10-11-yanvar kunlari O'zbekistonga bo'lib o'tadigan tashrifining tashkiliy masalalari muhokama qilindi.

 

Yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o'zaro aloqalarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

 

Uchrashuv yakunida tomonlar ko'rib chiqilgan yo'nalishlarda o'zaro hamkorlikni kengaytirish bo'yicha mavjud salohiyatni ro'yobga chiqarish maqsadida diplomatik aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.