Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
«London Post»: O'zbekiston pandemiyadan so'ng aholining farovonligi eng tez tiklangan mamlakatlardan biri - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

«London Post»: O'zbekiston pandemiyadan so'ng aholining farovonligi eng tez tiklangan mamlakatlardan biri



Buyuk Britaniyaning mashhur «London Post» onlayn yangiliklar portalida «O'zbekiston Gallup World Poll 2022 da: farovonlik, eng kam stress va hukumatga kuchli ishonch bo'yicha yuqori ball» sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

 

Maqolada O'zbekiston Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) «GALLUP» tadqiqot va konsalting tashkiloti tomonidan jamoatchilik fikrini o'rganish asosida tayyorlanayotgan yillik Jahon so'rovnoma (Gallup World Poll) bo'yicha hisobotini tahlil qilgani ta’kidlangan.

 

Gallup 2005-yildan beri har yili 160 mamlakat o'rtasida (har bir davlatdan 1000 kishi) dunyo bo'ylab so'rov o'tkazib kelmoqda, bu 15 yoshdan oshgan dunyo aholisining 98 foizini tashkil qiladi. Gallup World Poll 100 savoldan iborat bo'lib, qonun va tartib, oziq-ovqat va uy-joy, institutlar va infratuzilma, yaxshi ish o'rinlari hamda farovonlik indekslarni o'z ichiga oladi.

 

Qayd etilganidek, Gallup ushbu hisobotida O'zbekistonni postsovet Yevroosiyo mintaqasidagi mamlakatlari bilan taqqoslab boradi.

 

«2022-yilda farovonlik indeksi (0 dan 10 ballgacha) 6,0 ballni tashkil etdi, ushbu indeksning mintaqadagi o'rtacha ko'rsatkichi esa 5,7 ballga teng. Shunday qilib, O'zbekiston postsovet Yevroosiyo mintaqasi mamlakatlari orasida eng yaxshi natijalardan birini ko'rsatgan», - deyiladi materialda.

 

Britaniya onlayn nashrda ma’lum qilinganidek, postsovet Yevroosiyo mintaqasi O'zbekiston, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Rossiya, Belarus, Moldova, Ukraina kabi davlatlarni o'z ichiga oladi.

 

Maqolada 2022-yilda o'tkazilgan so'rov natijalariga ko'ra, o'zbekistonliklarning 39 foizi hozirgi kunda o'z farovonligi oshib borayotganini ma’lum qilgani ta’kidlangan. Bu mintaqaviy o'rtacha 30 foizdan sezilarli darajada yuqori.

 

«Hayotdan qoniqishni aniqlash uchun «Hayot zinapoyasi» deb nomlangan so'rov natijalaridan foydalaniladi. Respondentlardan 0 dan 10 gacha zinapoyaning qaysi pog'onasida ekanligi so'raladi. Bu yerda 0-pog'ona eng yomon hayotni, 10-pog'ona esa eng yaxshi hayotni anglatadi. O'zbekiston aholisining atigi 2 foizi o'z hayotlarida qiyinchiliklarga duch kelayotganliklarini qayd etishgan, bu mintaqaviy o'rtacha ko'rsatkichdan 6 foizga past. O'zbekiston farovonlik ko'rsatkichlari bo'yicha mintaqa mamlakatlari orasida eng yaxshi natijani ko'rsatgan», - qayd etgan portal.

 

Materialda, shuningdek, Gallup bahosiga ko'ra, O'zbekiston pandemiyadan so'ng aholining farovonligi eng tez tiklangan mamlakatlardan biri hisoblanishi urg'ulangan.

 

«O'zbekistonliklar kelgusi 5 yildagi farovonligini 8,7 ball deb baholaganlar. Xususan, kelajakdagi farovonligini kutish borasida O'zbekiston mintaqada eng yaxshi natijani ko'rsatgan, mintaqaning o'rtacha ko'rsatkichi esa 7,4 ballni tashkil etgan. Respondentlarning 86 foizi hozirgi paytda turmush darajasi yaxshilanayotganligini bildirishgan va ushbu ko'rsatkichning mintaqadagi o'rtacha darajasi 40 foizni tashkil etgan, - deb yozgan «London Post».