Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniyada O'zbekistonning "yashil" tashabbuslariga bag'ishlangan vebinar bo'lib o'tdi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Buyuk Britaniyada O'zbekistonning "yashil" tashabbuslariga bag'ishlangan vebinar bo'lib o'tdi



O'zbekiston elchixonasi ko'magida Britaniyaning "British Expertise International" assotsiatsiyasi tomonidan BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha konferensiyasi (COP28) doirasidagi mamlakatimiz tashabbuslariga bag'ishlangan vebinar tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Vebinarda Britaniya iqlim va "yashil" energetika biznesining 50 dan ortiq vakillari, jumladan, Xalqaro savdo vazirligi, konsalting kompaniyalari va boshqa asosiy tuzilmalar vakillari ishtirok etdi.

 

Uchrashuv davomida O'zbekistondagi keng ko'lamli o'zgarishlar haqida ma'lumot taqdim etildi. Shuningdek, "yashil" iqtisodiyotga o'tish va uglerod neytralligiga erishish Yangi O'zbekistonning ustuvor strategik vazifalari sifatida qayd etildi.

 

Ishtirokchilar O'zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasiga asoslangan Orolbo'yi mintaqasini ekologik inqiroz zonasidan innovatsiyalar, texnologiyalar va yangi imkoniyatlar zonasiga aylantirish tashabbusi bilan tanishdi.

 

Bundan tashqari, 2024-yilda BMT bilan hamkorlikda "Iqlim migratsiyasi" mavzusida bo'lib o'tadigan konferensiyaga ham alohida e'tibor qaratildi.

 

Vebinar so'nggida "British Expertise International" O'zbekistonda "yashil" loyihalarni amalga oshirishda Britaniya biznesini bundan keyin ham qo'llab-quvvatlashga tayyorligini ta'kidlab o'tdi.