Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston vakillari Buyuk Britaniyaning yer kadastrlarini raqamli ro'yxatga o'tkazish tajribasini o'rgandi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston vakillari Buyuk Britaniyaning yer kadastrlarini raqamli ro'yxatga o'tkazish tajribasini o'rgandi



Mamlakatimizning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko'magida O'zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi rahbariyati boshchiligidagi Ishchi guruhning Londonga amaliy tashrifi uyushtirildi, deb xabar qilayapti "Dunyo" AA muxbiri.

 

Tashrif davomida Britaniyaning Yer reyestri, «Ordnance survey» milliy kartografiya xizmati va Baholash idorasi rahbarlari hamda mutaxassislari bilan ikki tomonlama muzokaralar o'tkazildi.

 

Yer reyestri idorasi rahbariyati bilan bo'lib o'tgan muloqot chog'ida ushbu tashkilot faoliyati, uning asosiy funksiyalari, davlat xizmatlari hamda sohani yuritishga doir qonunchilik xususida fikr almashildi.

 

Tashkilot rahbari o'rinbosari Mayk Xarlou britaniya tomoni O'zbekiston Kadastr agentligi bilan o'zaro tajriba almashish maqsadida idoralararo hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.

 

«Ordnance survey» milliy kartografiya xizmati tashkiloti mutasaddilari bilan kechgan bilan muloqot chog'ida ham o'zaro hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

 

Britaniya tomoni xaritalarni yaratishda «Digital Surface Model» va «Digital Terrain Model» uslublaridan foydalanishini ta'kidlandi. Mazkur xaritalardan fuqarolar, politsiya, tez yordam va favqulodda vaziyatlar xizmatlari keng foydalanadi.

 

O'zbekiston vakillari tashrif davomida Britaniya Baholash xizmati rahbarlari bilan samarali muzokaralar olib bordilar. 

 

 Uchrashuvda Baholash idorasi tomonidan 26,8 milliondan ziyod uy-joylar bo'yicha mahalliy soliq to'lovi ro'yxati hamda 2,1 milliondan ziyod tijorat (noturar) obyektlarining qiymatini batafsil tavsiflovchi ro'yxatlar tuzilishi va yuritilishi ta'kidlandi. Shuningdek, mustaqil baholash ishlari va davlat sektoriga ko'chmas mulk bo'yicha professional maslahatlar berish ishlari amalga oshiriladi.

 

«Britaniya Yerni ro'yxatga olish idorasi 160 yildan ortiq vaqt davomida yerga egalik qilish huquqini himoya qilib keladi va ko'chmas mulk bozorining faoliyatini yengillashtirilgan tartibda ishlashini ta'minlaydi. O'zbekistonlik hamkasblarimizning tashrifidan juda xursandmiz. Boshqa yurisdiksiyalar bilan fikr va ilg'or tajribalarni almashish juda foydali. Chunki biz yer kadastrlarini raqamli ro'yxatga o'tkazish jarayonida shunga o'xshash muammolarga duch kelayapmiz. Biz ushbu muhim masalalarda O'zbekiston tomoni bilan hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz», — dedi mazkur idora boshqarma boshlig'i Viktoriya Abbot. 

 

Tashrif yakunlari bo'yicha britaniyalik ekspertlar ko'magida O'zbekistondagi kadastr va yer ma'muriyatchiligi, ko'chmas mulkni baholash sohalaridagi qonunchilikni takomillashtirish, fazoviy ma'lumotlarni boshqarish, 3D kadastrni yaratish, sun'iy intellektdan foydalanish bo'yicha onlayn va oflayn konsultatsiyalarni o'tkazishni yo'lga qo'yish va boshqa masalalarda hamkorlik qilish to'g'risida kelishib olindi.