Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston va Britaniya qishloq xo'jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish sohalarida hamkorlik qiladi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston va Britaniya qishloq xo'jaligi tarmoqlarini yanada rivojlantirish sohalarida hamkorlik qiladi



O'zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi yetakchi mutaxassisi Svetlana Kolliyer, Qishloq xo'jaligi va genetika texnologiyalari tashkiloti huzuridagi (UK TAG) Agrotexnologiyalar eksporti jamiyati direktori Kris Jekson hamda «Export Certification Limited» (UKECP) kompaniyasi veterinariya bo'yicha maslahatchisi Rob Grinnall bilan uchrashuv o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Britaniya vakillari UKTAG va UKECP faoliyati to'g'risida batafsil ma'lumot taqdim etdilar. Shuningdek, chorvachilik metodologiyasi, genetikasi va agrotexnologiyalar sohalarida O'zbekistonning tegishli vazirlik va idoralari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatishga qiziqish bildirildi.

 

Bundan tashqari, O'zbekiston qishloq xo'jaligi, xususan chorvachilik sohalari xodimlarining malakasini oshirishda o'zaro tajriba almashish, onlayn trening va maslahatlashuvlarni o'tkazish taklifi ilgari surildi.

 

Tomonlar joriy yil iyul oyida Britaniyaning Malvern shahrida bo'lib o'tadigan «NSA Sheep Event» xalqaro ko'rgazmasida o'zbek fermerlari hamda hamkor tashkilotlarining ishtirokini tashkil etish masalalarini ham muhokama qildilar.

 

Uchrashuv yakunida «Export Certification Limited» kompaniyasining veterinariya bo'yicha maslahatchisi Rob Grinnallning shu yil 5-6-mart kunlari O'zbekistonga ishchi safarini uyushtirish yuzasidan kelishib olindi.