Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniya kompaniyasi O'zbekiston oliy ta'lim tizimida yangi loyihani amalga oshirish taklifini ilgari surmoqda - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Britaniya kompaniyasi O'zbekiston oliy ta'lim tizimida yangi loyihani amalga oshirish taklifini ilgari surmoqda



O'zbekiston elchixonasida Britaniyaning «Integrated Qualifications Framework» (IQF) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

 

 Britaniya tomoni O'zbekiston ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, kasb-hunar ta'limi sifatini yana-da oshirish, uni oliy ta'lim bilan integratsiya qilish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi.

 

"IQF" vakillari Britaniya ta'lim tizimining 8 ta darajasi to'g'risida batafsil ma'lumot berdi. Qayd etilishicha, maktab bitiruvchilari uchun Level 2 (GCSE) va Level 3 (A level) darajalari sertifikatlarini Pearson va Cambridge kabi dunyoda tan olingan tashkilotlarning kasbiy o'quv dasturlarida tahsil olish orqali qo'lga kiritish imkoniyati mavjud.

 

Uchrashuv yakunida «Integrated Qualifications Framework» kompaniyasi vakillarining yangi loyihalarni amalga oshirishni yo'lga qo'shish maqsadida shu yilning 12-14-mart kunlari O'zbekistonga amaliy safarini tashkil bo'yicha kelishib olindi.