Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniya kompaniyalari Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorlik qilmoqchi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Buyuk Britaniya kompaniyalari Navoiy kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorlik qilmoqchi



O'zbekiston investitsion salohiyatini o'rganish doirasida "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJning Toshkent shahridagi vakolatxonasida Britaniyaning "Colchester Global", "BlueCrest Capital Management" kompaniyalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muzokaralar davomida xorijiy hamkorlarga Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan «O'zbekiston — 2030» strategiyasining tegishli bandida qayd etilgan mahalliy xomashyo bazasidan samarali foydalanish va ilg'or texnologiyalarga asoslangan sanoatni rivojlantirish bo'yicha pirovard maqsadlar yetkazildi.

 

Shu jumladan, NKMK tomonidan britaniyalik mehmonlarga kompaniya faoliyati natijalari, strategik o'zgarishlar va eng yaxshi jahon amaliyotlarini joriy etish bo'yicha taqdimot ko'rsatildi.

 

Suhbat yakunlari bo'yicha "JP Morgan Chase" bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tog'-kon sohasida loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.