Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Londonda «Har bir musulmonning O'zbekistonga tashrif buyurishi uchun 5 sabab» mavzusida taqdimot o'tkazildi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Londonda «Har bir musulmonning O'zbekistonga tashrif buyurishi uchun 5 sabab» mavzusida taqdimot o'tkazildi



Shu yilning 24-25-fevral kunlari Buyuk Britaniya poytaxtida bo'lib o'tgan «Muslim Shopping Festival» xalqaro yarmarkasida ilk marotaba O'zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdim etildi, deb xabar qilayapti "Dunyo" AA muxbiri.

 

Yarmarka doirasida O'zbekistonning Britaniyadagi elchixonasi va «Halal Travel Guide» turistik kompaniyasi bilan birgalikda «Har bir musulmonning O'zbekistonga tashrif buyurishi uchun 5 sabab» mavzusida taqdimot o'tkazildi.

 

Ishtirokchilarga Britaniya musulmonlar keng jamoasida qiziqish uyg'otgan Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi tarixiy obidalar, Samarqand shahrida bunyod etilgan «Boqiy shahar» majmuasi, islom madaniyati rivojlanishiga hissa qo'shgan buyuk allomalarimiz va milliy o'zbek oshxonasi haqida batafsil ma'lumot berildi.

 

Ko'rgazma qatnashchilari, shuningdek, O'zbekistonda dunyoning aksariyat davlatlari fuqarolari uchun vizasiz rejim, elektron viza tizimi joriy etilgani,  barpo etilgan yangi zamonaviy mehmonxonalar va sayyohlarga yaratilgan qulay shart-sharoit bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

 

Taqdimot britaniyaliklarda katta taassurot qoldirdi va ularning aksariyati yurtimizga kelish istaklarini bildirdi.

 

Jumladan, «International Interest» kompaniyasi ijrochi direktori Sami Xamdi Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlaridagi qadimiy madrasa va masjidlar Buyuk Britaniya musulmon olami vakillari uchun shubhasiz katta qiziqish uyg'otganini ta'kidladi.

 

«Emerald Network» kompaniyasi asoschisi Roful Ali havaskor fotosuratchi sifatida mamlakatimizga bir necha bor kelganini bildirdi.

 

«Samarqand shahridagi Registon ansambli menda katta taassurot qoldirgan. So'nggi yillarda «Ziyorat turizmi» yo'nalishida O'zbekistonga bo'lgan qiziqish yil sayin oshib bormoqda. Bugungi taqdimot esa britaniyalik va boshqa xorijiy sayyohlar uchun yangi yo'nalishlarni kashf etish nuqtai nazaridan juda samarali bo'ldi, deb o'ylayman», — dedi u.