Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Startap loyihalarga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan Buyuk Britaniya kompaniyasi Samarqand shahrida o'z vakolatxonasini ochadi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Startap loyihalarga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan Buyuk Britaniya kompaniyasi Samarqand shahrida o'z vakolatxonasini ochadi



O'zbekistonning Londondagi elchixonasida Buyuk Britaniyaning "Sturgeon Capital" kompaniyasi bosh direktori Kiyan Zandiya bilan muzokaralar o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqot chog'ida O'zbekistonda amalga oshirilayotgan startap loyihalarga Buyuk Britaniyadan venchur investitsiyalarini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Kiyan Zandiyaning aytishicha, kompaniya O'zbekiston bilan yaqindan hamkorlik qilish, o'zbek yoshlarining istiqbolli innovatsion g'oyalari va startap loyihalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida joriy yilning aprel oyida Samarqand viloyatida o'z vakolatxonasini ochishni rejalashtirmoqda.

 

Britaniyalik hamkorlar, shuningdek, shu yilning 2-3 may kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan III Toshkent xalqaro investitsiya forumida qatnashishga tayyorligini tasdiqladi. 

"Sturgeon Capital" kompaniyasi 2010 yilda tashkil etilgan bo'lib, Markaziy Osiyo mamlakatlarida aktivlarni boshqarish va startaplarga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda "Sturgeon Capital" kompaniyasi O'zbekistondagi startap loyihalarga qariyb 6,5 million AQSH dollari miqdorida sarmoya kiritgan.