Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Toshkentda O'zbekiston – Buyuk Britaniya ta'lim forumi bo'lib o'tmoqda - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Toshkentda O'zbekiston – Buyuk Britaniya ta'lim forumi bo'lib o'tmoqda



Kecha Toshkent shahrida O'zbekiston – Buyuk Britaniya ta'lim forumi o'z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Forum O'zbekiston Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Britaniya Kengashining O'zbekistondagi vakolatxonasi, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti hamda Londondagi Vestminster universiteti tomonidan tashkil etildi.

 

Xalqaro anjumanda Britaniyaning 20 ga yaqin oliy ta'lim muassasalari va markazlari vakillari hamda nufuzli mutaxassislari qatnashyapti.

 

Forum "Oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi o'zaro hamkorlik ijobiy o'zgarishlarga yetaklovchi omil sifatida: ilg'or tajribalardan saboqlar mavzusida tashkil etildi.

 

Anjumanda O'zbekiston va Buyuk Britaniya oliy ta'lim tizimi uchun ustuvor yo'nalishlar, ushbu yo'nalishlardagi vazifalarga samarali erishish yo'llari, xususan transmilliy ta'lim orqali erishishi ko'zda tutilgan masalalari muhokama qilinmoqda.

 

Tadbir davomida oliy ta'lim strategiyasi, ilg'or amaliyotlar va hamkorlik masalalari muhokama markazida bo'layapti.

 

Forum dasturidan "Global va mahalliy ehtiyojlarni ta'minlash hamda bu borada ijobiy o'zgarishlarga erishish: oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi hamkorlikning o'rni", "Oliy ta'lim muassasalarini boshqarish va ta'lim sifatini ta'minlash sohasida yuksaklikka erishish (ilg'or tajribalar misolida)", " O'zbekistonda inklyuziv oliy ta'limni rivojlantirish: inklyuziv oliy ta'limning mavjud holatini aniqlash va ilg'or amaliyotlar bo'yicha qo'llanma taqdimoti" singari mavzularda panel sessiyalari o'rin olgan.

 

Tadbirning birinchi kunida O'zbekiston Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Britaniyaning "Quality Assurance Agency" tashkiloti o'rtasida anglashuv memorandumi hamda hamkor tashkilotlar bilan 30 dan ziyod kelishuvlar imzolandi.

 

O'zbekiston – Buyuk Britaniya ta'lim forumi bugun o'z nihoyasiga yetadi.