Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
London shahrida Britaniyaning taniqli teleboshlovchi va tarixchisi bilan "O'zbekiston xazinalari" filmi loyihasi muhokama etildi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

London shahrida Britaniyaning taniqli teleboshlovchi va tarixchisi bilan "O'zbekiston xazinalari" filmi loyihasi muhokama etildi



O'zbekiston elchixonasida taniqli tarixchi, yozuvchi va teleboshlovchi, "SandStone Global" tashkilotining ijodiy direktori Bettani Xyuz bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Bettani Xyuz Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi doirasida O'zbekistonga tashrif buyurgan. U "Boligolov kosasi: Suqrot, Afina va yaxshi hayotni izlash" ("The Hemlock Cup: Socrates, Athens and the Search for the Good Life"), "Istanbul: Uch shahar haqida ertak" ("Istanbul: A Tale of Three Cities"), "Venera va Afrodita" ("Venus and Aphrodite") kabi asarlarning muallifi hisoblanadi.

 

Bettani Xyuzning ma'lum qilishicha, hozirda u ijodiy jamoasi bilan "O'zbekiston xazinalari" ("Treasures of Uzbekistan") mavzusidagi katta loyiha ustida ish olib bormoqda.

 

Mazkur loyiha doirasida O'zbekistonning qadimiy manzillari hamda mamlakatning turistik salohiyatini namoyish qiluvchi filmlar tasvirga olinadi. Bu esa o'z navbatida, yurtimizning sayyohlik imkoniyatlarini butun dunyo bo'ylab yanada tanitishga turtki bo'lishi kutilmoqda.

 

Tegishli shartnoma tomonlar o'rtasida imzolanganidan so'ng, ijodiy jamoa tasvirga olish jarayonlarini joriy yil may oyidan boshlaydi.

 

Ma'lumot uchun, "StandStone Global" tashkiloti dunyo bo'ylab tarixiy manzillarga doir keng ta'sirga ega filmlarni suratga oladi. Tashkilot tomonidan tasvirga olingan filmlar National Geographic Channel, SBS, BBC, ITVBe va boshqa ko'plab nufuzli tarmoqlarda davriy uzatib boriladi. "StandStone Global" tomonidan tarixiy manzillarga doir filmlar Ispaniya, Portugaliya, Vengriya, Turkiya, Polsha, Hindiston, Malayziya, Indoneziya, Ozarbayjon, Gruziya va boshqa mamlakatlarda tasvirga olingan.