Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
"London Post": O'zbekiston iqtisodiyoti tebranishlarga chidamli - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

"London Post": O'zbekiston iqtisodiyoti tebranishlarga chidamli



Britaniyaning ommabop "London Post" yangiliklar portalida "Yuqori iqtisodiy barqarorlik: O'zbekistonning valyuta zaxiralari mustahkamligicha qolmoqda" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

Nashrda ta'kidlanishicha, O'zbekiston valyuta zaxiralari o'z kuchini saqlab qolgan va 2024-yil 1-mart holatiga ko'ra, ularning hajmi 32,19 milliard dollarni tashkil etdi. So'nggi oylardagi ayrim qiyinchiliklarga qaramay mamlakatning iqtisodiy qudrati mustahkamligicha qolmoqda.

 

Qayd etilishicha, O'zbekiston Markaziy banki va boshqa moliya institutlarining depozitlari oqilona iqtisodiy siyosat bilan qo'llab-quvvatlangan barqaror moliyaviy tizimni aks ettiradi.

 

"Bundan tashqari, O'zbekistonning iqtisodiy barqarorligining muhim tarkibiy qismi bo'lgan oltin zaxiralari mart oyida boshida 24,09 milliard dollarni tashkil etdi. Bu mamlakatning qimmatbaho metallardagi aktivlarini samarali saqlash qobiliyatidan dalolat beradi", – deya qayd etgan britan portali.

 

Materialda, shuningdek, O'zbekiston eksport hajmi barqarorlikni namoyon etib, mamlakat o'zgaruvchan global dinamikaga moslasha olish qobiliyatini namoyon qilgani ta'kidlangan. Mavjud qiyinchiliklarga qaramay, iqtisodiyot barqarorligicha qolmoqda, savdo-sotiqni diversifikatsiya qilish va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash borasidagi sa'y-harakatlar ham istiqbolli ekanini ko'rsatdi.