O'zbekiston diplomatlari britaniyalik taniqli fotograf Styuart Louson bilan onlayn muloqot o'tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot davomida Styuart Louson tomonidan o'zbek raqs san'atiga bag'ishlangan shaxsiy ko'rgazmalarni Toshkent hamda London shaharlarida navbatma-navbat o'tkazish taklifi bildirildi.
Ko'rgazmalarda o'zbek raqqoslarining mohirona harakatlarini aks ettiruvchi ekspozitsiyalar joy olishi aytib o'tildi.
Uchrashuv yakunida mazkur loyiha yuzasidan O'zbekistonning manfaatdor vazirlik va idoralari bilan ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.
Eslatib o'tamiz, Styuart Lousonning asl mutaxassisligi iqtisodchi, biroq u uzoq yillarda buyon fotograflik bilan shug'ullanib keladi. Asarlari Rossiya, BAA va Fransiyada tashkil etilgan ko'rgazmalarda namoyish etilgan.