Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniyada O'zbekistonning qulay ishbilarmonlik muhiti keng targ'ib qilinadi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Buyuk Britaniyada O'zbekistonning qulay ishbilarmonlik muhiti keng targ'ib qilinadi



O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniyaning "FIRST Strategic Insight" kompaniyasi raisi va asoschisi Rupert Gudman bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

1984-yilda asos solingan "FIRST Strategic Insight" ko'p tarmoqli xalqaro tashkilot bo'lib, faoliyati Buyuk Britaniyaning xorijiy davlatlar va kompaniyalar bilan biznes strategiyasini ishlab chiqishda yordam berishga qaratilgan. Xususan, uning missiyasi Buyuk Britaniya va boshqa mamlakatlarning siyosiy va ishbilarmon doiralari vakillarini qo'shma biznes loyihalarni amalga oshirish uchun birlashtirish va qo'shma nashrlarni tashkil etish, shuningdek, biznes-forumlar va delegatsiyalar tashrifini tashkil etish orqali savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishdan iborat.

 

Britaniya vakili O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholadi.

 

– So'nggi yillarda mamlakatingiz qiyofasi tubdan o'zgardi, barcha sohalarda, xususan, tashqi siyosat, iqtisodiyotni liberallashtirish, valyuta bozori, sanoat, innovatsiya va ijtimoiy rivojlanishda salmoqli muvaffaqiyatlarga erishildi, – dedi u.

 

Rupert Gudman diplomatik vakolatxona bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishdan, jumladan, Britaniya jamoatchiligini boy tarix va madaniyat, shuningdek, mamlakatimizning zamonaviy yutuqlari va iqtisodiy salohiyati bilan keng tanishtirish maqsadida O'zbekiston haqidagi maqolalarni chop etishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

 

Muzokaralar natijasida Buyuk Britaniyada FIRST Strategic Insight" kompaniyasi bilan birgalikda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag'ishlangan brifinglar va davra suhbatlari, shuningdek, ushbu kompaniya tomonidan chop etiladigan jurnalda tegishli maqolalar e'lon qilish to'g'risida kelishib olindi.