Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
"The Telegraph": O'zbekistonning chinakam porlash vaqti keldi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

"The Telegraph": O'zbekistonning chinakam porlash vaqti keldi



Britaniyaning "The Telegraph" gazetasi saytida "O'zbekiston Dubayga aylanmasdan oldin uni kashf qilish vaqti keldi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muallifning ma'lum qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatni turizm va xorijiy investitsiyalar uchun ochdi. 2020-yilga kelib O'zbekistonga vizasiz kirish huquqi berilgan davlatlar soni 9 tadan 90 taga ko'paydi. Mehmonxonalar soni qariyb ikki barobar, turoperatorlar soni esa uch barobardan ziyod ko'paydi.

 

Xabar qilinishicha, chet ellik sayyohlar soni 2 milliondan 6,7 millionga ko'paydi, negaki mamlakat uzoq mamlakatlardan ham sayyohlarni jalb qilishga e'tibor qaratdi. BMTning Butunjahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) ma'lumotlariga ko'ra, 2020-yil boshida O'zbekiston turizmning eng yuqori o'sish sur'atiga ega bo'lgan to'rtinchi davlat deb topildi.

 

Maqolada, shuningdek, Buyuk Britaniya va O'zbekiston o'rtasidagi aloqalar yaqin kelajakda kengayishi qayd etilgan. 2024-yil mart oyida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Londonning Gatvik aeroportidan Toshkentga yangi yo'nalish ochishini e'lon qildi.

 

"Shubhasiz, sayyohlar sa'y-harakatlarning yagona maqsadi emas — konferensiyalarga tashrif buyuradigan ishbilarmon sayohatchilar ham maqsadli bozorlardan biridir. Balki hozir O'zbekiston chindan porlashi kerak bo'lgan paytdir", – deya xulosa qiladi "The Telegraph".