Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston elchisi Britaniya Jamoatlar palatasi qo'mitasi raisi bilan parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston elchisi Britaniya Jamoatlar palatasi qo'mitasi raisi bilan parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildi



O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasining Tashqi ishlar qo'mitasi raisi Alisiya Kyorns bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Alisiya Kyorns Yangi O'zbekiston hayotida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholadi. Shuningdek, u Londonda O'zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirishga qiziqish ortib borayotgani ta'kidladi.

 

Alisiya Kyornsning aytishicha, 2023-yil oxirida o'zi rahbarlik qilayotgan qo'mita tomonidan "Chorrahadagi mamlakatlar: Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyodagi ishtiroki" mavzusida ma'ruza tayyorlangan. Unda Markaziy Osiyoning samarali strategiyasini yaratish bo'yicha hukumatlarga tavsiyalar berilgan.

 

Deputat so'nggi bir yil ichida parlamentlararo aloqalarning sezilarli faollashganini olqishladi. Xususan, uning 2023-yil may oyida O'zbekistonga tashrifi yakunlari, Parlamentlararo ittifoqdagi Britaniya guruhi delegatsiyasining 2023-yil sentyabr oyida va O'zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayevaning 2024-yil yanvar oyida Londonga tashrifi yakunlari ikki mamlakat qonun chiqaruvchi organlari o'rtasidagi muloqot va sheriklikning sezilarli darajada mustahkamlanishiga xizmat qildi.

 

Tomonlar tog'-kon sanoati, infratuzilma va kapital bozorlariga e'tibor qaratgan holda savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy aloqalarni yanada kengaytirish zarurligini ta'kidladilar.

 

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik ko'lamini kengaytirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish uchun aloqalarni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.