Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston elchisi Londonda Kaspiy siyosati markazining Britaniyadagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashdi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston elchisi Londonda Kaspiy siyosati markazining Britaniyadagi vakolatxonasi direktori bilan uchrashdi



O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Kaspiy siyosati markazining Britaniyadagi vakolatxonasi direktori Devid Moran bilan muzokaralar o'tkazdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Devid Moran 2005-2007-yillarda Buyuk Britaniyaning O'zbekistondagi elchisi, shuningdek, 2023-yil avgustgacha Yevropa va Markaziy Osiyodagi iqlim va energetika bo'yicha mintaqaviy hukumat elchisi lavozimida ishlagan.

 

2016-yilda tashkil etilgan Kaspiy siyosati markazi Vashingtonda joylashgan. U mustaqil tahliliy tashkilot hisoblanadi. Markazning asosiy tadqiqot yo'nalishlari Kaspiy mintaqasining iqtisodiy, siyosiy, energetika va xavfsizlik masalalarini qamrab oladi.

 

Uchrashuvda tomonlar iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.

 

O'zbekiston tomoni mamlakatda iqlim o'zgarishiga qarshi kurashish va atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o'zgarishiga moslashish, karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish va "yashil" energiyani rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma'lumot berdi.

 

Belgilangan vazifalarga erishish maqsadida xalqaro sheriklar, shu jumladan Buyuk Britaniya bilan hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish bildirildi.

 

Devid Moran O'zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasi tomonidan bilan qabul qilingan "2027-yil - Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili" rezolyutsiyasini yuqori baholadi. Hujjatda atrof-muhitni, bioxilma-xillikni saqlash va havo ifloslanishini kamaytirish maqsadida "yashil" turizmni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilgani ta'kidlandi.

 

Muzokaralar yakunida ushbu yo'nalishda o'zaro yaqin muloqotni davom ettirish bo'yicha kelishuvga erishildi.