Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
"National Geographic" jurnali: Agar siz milliy ruhni izlayotgan bo'lsangiz, "Ichan qal'a" va uning atrofidagi mehmonxonalarda qolishingiz yaxshiroq - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

"National Geographic" jurnali: Agar siz milliy ruhni izlayotgan bo'lsangiz, "Ichan qal'a" va uning atrofidagi mehmonxonalarda qolishingiz yaxshiroq



Olamga mashhur "National Geographic" jurnali saytida "2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti Xivaga tashrif buyurish uchun oltita sabab" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

"O'zbekistonning Xiva shahri osmon ostidagi muzey deya e'tirof etiladi. Yaxshi saqlangan ko'chalar, g'ishtdan yasalgan masjidlar va mahobatli qal'a devorlari Ipak yo'li va qadimda bu yerdan o'tgan ko'plab karvonlar haqidagi xotiralarni uyg'otadi", – deb yozgan maqola muallifi O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi turizm elchisi Sofi Ibbotson.

 

U, shuningdek, "Xiva — 2024-yilda islom dunyosining turizm poytaxti", deb e'lon qilinganini xabar qilgan. Qayd etilganidek, Xiva ushbu tanlovda Abu-Dabi, Nigeriyaning Lagos va Turkiyaning Urfa kabi shaharlarini ortda qoldirdi. Bunday qaror Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a'zo 57 davlat tomonidan qabul qilingan.

 

"Xivadagi "Ichan qal'a" majmuasi to'rt tomoni devor bilan o'ralgan shahar, YUNESKOning Umumjahon madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan va Ipak yo'li bo'ylab eng yaxshi saqlanib qolgan ham ta'sirchan joylardan biridir, – deya davom etadi mamlakatimiz turizm elchisi. – Taxminan 2500 yil oldin bunyod etilgan ushbu ochiq osmon ostidagi muzey ko'chalar labirintidir. Ularning aksariyati 14-19-asrlarga oid o'nlab yodgorliklarni qamrab olgan".

 

Qayd etilishicha, Xiva arxitekturasining diqqatga sazovor joylari orasida 185 futlik Islomxo'ja minorasi, 160 xonali Tosh hovli saroyi, oddiy, ammo juda nafis tarzda qurilgan va 213 ta ustunlari bo'lgan Juma masjidi alohida e'tiborga molik.

 

"Ichan qal'a" kabi dramatik va tarixiy fonga ega Xivaning yil davomida ko'plab festivallar va boshqa madaniy tadbirlarga mezbonlik qilishi ajablanarli emas, – deya ta'kidlagan muallif. – Yillik dasturning asosiy tadbirlari Navro'z bayrami hisoblanadi. Ushbu bayram 21-martda nishonlanadi. Shuningdek, "Lazgi" xalqaro raqs festivali va "Pahlavon Mahmud – Bahodirlar o'yini" an'anaviy tarzda o'tkaziladi".

 

Maqola yakunida "Xivaga tashrif buyuruvchilar oilaviy mehmon uylaridan tortib to to'rt yulduzli taniqli mehmonxonalarni tanlash imkoniyatiga ega. Ammo agar siz milliy ruhni izlayotgan bo'lsangiz, "Ichan qal'a" va uning atrofidagi mehmonxonalarda qolishingiz yaxshiroqdir", – deb yozgan Sofi Ibbotson.