LONDON, 7-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Sheffild universiteti Siyosiy-iqtisodiy tadqiqot institutining Markaziy Osiyo bo'yicha eksperti Frank Marakkione bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Suhbat davomida ikki mamlakat ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, hamkorlikda qo'shma ilmiy loyihalar amalga oshirish hamda maqolalar chop etish istiqbollari muhokama qilindi.
Britaniyalik ekspert oxirgi yillarda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarni yuqori baholadi. O'zbekistonning bugungi tashqi siyosati, xususan, yaxshi qo'shnichilik va pragmatik mintaqaviy siyosati mamlakatimizning xalqaro nufuzini oshirish bilan birga, Markaziy Osiyoning barqaror va ulkan imkoniyatlarga ega hamkorlik makoniga aylanishiga xizmat qilayotgani ta'kidlandi.
Uchrashuv yakunida ilmiy-tadqiqot yo'nalishida O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish yuqoridagi bo'yicha doimiy amaliy aloqalarni davom ettirish to'g'risida kelishuvga erishildi.
Sheffild universitetining Siyosat va iqtisodiy tadqiqotlar instituti 2012-yilda tashkil etil. Institutning asosiy faoliyati global iqtisodiy va siyosiy muammolarni tadqiq qilish hamda ularga yechim topishga yo'naltirilgan.
Frank Marakkione Markaziy Osiy va Xitoy aloqalari bo'yicha yetakchi mutaxassis hisoblanadi. U ushbu mavzuda ingliz va italyan tillarida ko'plab maqolalar chop etgan.