Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniya olimlari O'zbekistonda sayg'oqlarni saqlash va ko'paytirish bo'yicha loyihalarni qo'llab-quvvatladi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Britaniya olimlari O'zbekistonda sayg'oqlarni saqlash va ko'paytirish bo'yicha loyihalarni qo'llab-quvvatladi



LONDON, 6-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi xodimlari Buyuk Britaniyaning Oksford universitetida Sayg'oqni muhofaza qilish alyansi (Saiga Conservation Alliance - SCA) xalqaro fondi tomonidan o'tkazilgan "Markaziy Osiyo dashtlarida sayg'oqni saqlash va ularni ko'paytirish" mavzusidagi vebinarda ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Unda O'zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shu jumladan tabiatni muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash, Orolbo'yi mintaqasining ekologik tizimini yaxshilash, respublika hududida sayg'oqlarni himoya qilish, saqlash va ularni ko'paytirish bo'yicha amalga oshirilayotgan loyihalar xususida fikr almashildi.

 

Vebinarda O'zbekistonda sayg'oqlarni himoya qilish, saqlash va ularni ko'paytirish bo'yicha ishlarning tabiatni asrab-avaylash hamda ekoturizmni rivojlantirishdagi ahamiyati ta'kidlandi.

 

Britaniya tomoni O'zbekiston bilan sayg'oqlarni muhofaza qilish bo'yicha yo'lga qo'yilgan samarali aloqalarni e'tirof etgan holda, ushbu yo'nalishda o'zaro hamkorlikni yanada jadallashtirishga tayyorligini bildirdi.