Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniya-Shvetsiya transmilliy farmatsevtika kompaniyasi O'zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Britaniya-Shvetsiya transmilliy farmatsevtika kompaniyasi O'zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi



LONDON, 15-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov "AstraZeneca" Britaniya-Shvetsiya transmilliy farmatsevtika va biotexnologiya kompaniyasining ishlab chiqarishni kengaytirish masalalari bo'yicha departament rahbari o'rinbosari Nitin Kapur bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Suhbat chog'ida O'zbekiston farmatsevtika sanoatining istiqbollari va "AstraZeneca" kompaniyasi bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

 

Nitin Kapur "AstraZeneca" kompaniyasi faoliyat yo'nalishlari, amalga oshirilayotgan tadqiqotlar bilan tanishtirdi.

 

Elchi, o'z navbatida, O'zbekistonda farmatsevtika sanoatini rivojlantirish va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga turish bo'yicha islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyat va afzalliklar to'g'risida so'zlab berdi.

 

Muloqot yakunida mazkur yo'nalishda hamkorlik aloqalarini yanada jadallashtirish maqsadida kelgusida ikki tomonlama uchrashuvlar hamda tashriflarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

 

"AstraZeneca" Britaniya-Shvetsiya transmilliy farmatsevtika va biotexnologiya kompaniyasi Shvetsiyaning "Astra AB" hamda Britaniyaning "Zeneca Group" tashkilotlari negizida 1999-yilda tashkil etilgan. Kompaniya bosh qarorgohi Kembrijdagi biotibbiyot kampusida joylashgan. Unda 90 ming nafarga yaqin xodimlar faoliyat yuritadi. Kompaniya onkologiya, yurak-qon tomir, oshqozon-ichak, yuqumli, nevrologik, nafas olish va yallig'lanish kabi asosiy kasalliklarni davolash uchun dori vositalarini ishlab chiqaradi.