Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniyaning mashhur "Selvedge" jurnali O'zbekiston to'qimachilik salohiyatini targ'ib qiladi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Britaniyaning mashhur "Selvedge" jurnali O'zbekiston to'qimachilik salohiyatini targ'ib qiladi



LONDON, 20-avgust. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning "Selvedge" jurnali asoschisi va muharriri Polli Leonard bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqot davomida shu yilning 8-10-sentabr kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tadigan "ITMF Annual Conference & IAF World Fashion Convention 2024" konferensiyasida "Selvedge" jurnali vakillarining ishtirok etishi va anjuman haqidagi materiallarni nashr sahifalari orqali keng yoritish masalalari muhokama qilindi.

 

Britaniya vakilasi respublikaning to'qimachilik salohiyatini keng yoritishga hissa qo'shish maqsadida O'zbekistonning to'qimachilik, ipak sanoati, hunarmandchiligi va milliy matolariga bag'ishlangan maxsus kitob-albom loyihasini amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

 

Uchrash yakunida tomonlar bildirilgan takliflarni amaliy amalga oshirish maqsadida O'zbekistoning manfaatdor idoralari va tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatishga kelishib oldilar.

 

2003-yilda ta'sis etilgan "Selvedge" jurnali to'qimachilik sanoati, dizayn va xalqaro moda yangiliklarini yoritishga ixtisoslashgan. Jurnalda to'qimachilik sohasidagi eng so'nggi yangiliklar, takliflar, mato turlariga oid ma'lumotlar, dizayn, moda, va hunarmandchilikka doir tahliliy maqolalar chop etiladi.