Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston va Britaniya futbol sohasida ikki tomonlama aloqalarni o'rnatish istiqbollarini muhokama qilmoqda - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston va Britaniya futbol sohasida ikki tomonlama aloqalarni o'rnatish istiqbollarini muhokama qilmoqda



LONDON, 5-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Angliyaning "Aston Villa" futbol klubining biznesni rivojlantirish masalalari bo'yicha prezidenti Kris Xek bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Kris Xek O'zbekistonda sportni xususan, futbolni yoshlar o'rtasida ommalashtirish va iqtidorli sportchilarning yangi avlodini tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli ishlarni yuqori baholadi. Shuningdek, u O'zbekiston sportchilarining Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlarida qo'lga kiritgan yutuqlarini e'tirof etdi.

 

"Aston Villa" futbol klubi O'zbekistonda futbolni yanada rivojlantirish bo'yicha yaqin hamkorlikdan manfaatdor ekanligi ta'kidlandi.

 

Uchrashuv yakunida "Aston Villa" futbol klubi bilan birgalikda kelgusida qo'shma sport tadbirlarni o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.

 

1874-yilda Buyuk Britaniyaning Birmingem shahrida tashkil etilgan "Aston Villa" jahon futbolining tarixiy va nufuzli klublaridan biri sifatida e'tirof etiladi. "Aston Villa" Futbol ligasi asoschilaridan biri bo'lgan. Klub 7 marta Angliya chempionligini (o'sha vaqtdagi Birinchi divizion), 7 marta Angliya kubogini (FA Cup) va 5 marta Angliya Liga Kubogini qo'lga kiritgan. Klub o'z uy uchrashuvlarini 42 mingdan ortiq tomoshabinni o'z bag'riga sig'diradigan "Villa Park" stadionida o'tkazadi.