Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekistonda yetishtirilgan qovunlarning Britaniya bozoriga tizimli ravishda eksporti yo'lga qo'yildi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekistonda yetishtirilgan qovunlarning Britaniya bozoriga tizimli ravishda eksporti yo'lga qo'yildi



LONDON, 14-sentabr. /"Dunyo" AA/. Ilk bor Britaniya bozoriga tizimli ravishda O'zbekistondan qovun eksporti yo'lga qo'yildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Umumiy hajm 10 tonnaga teng bo'lgan qonunlar Britaniyaning "Lemar Food LTD" kompaniyasiga O'zbekistonning "Agriculture Products Export" MCHJ eksportyor korxonasi tomonidan yetkazib berildi.

 

Ta'kidlash joizki, ilgari ham Britaniya bozoriga sinov tariqasida qovun yetkazib berilgan. Endilikda ushbu mamlakat aholisi uzluksiz ravishda O'zbekiston qovunlarini sotib olishi mumkin.

 

O'zbekiston elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, mazkur mamlakat bozorlarida sotilayotgan o'zbek milliy mahsulotlari assortimentini ko'paytirish bo'yicha Britaniya importyor kompaniyalari bilan muzokaralar davom etmoqda.