Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniya turistik kompaniyasi O'zbekiston bo'ylab hashamatli sayyohlik poyezdini yo'lga qo'ydi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Buyuk Britaniya turistik kompaniyasi O'zbekiston bo'ylab hashamatli sayyohlik poyezdini yo'lga qo'ydi



LONDON, 22-sentabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi tomonidan Buyuk Britaniyaning nufuzli "Golden Eagle Luxury Trains" turistik kompaniyasi bilan birgalikda mamlakatimizning qadimiy shaharlari bo'ylab "O'zbekiston xazinalari" nomli temir yo'l vagonlarida hashamatli xush ko'radigan britaniyalik va boshqa xorijiy sayyohlar uchun tur tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Ushbu tur sayohatning "laksheri" segmentiga tegishli bo'lib, go'zallikning haqiqiy shaydolari uchun mo'ljallangan.

 

Mamlakatimiz bozorlari va ajoyib mozaik me'morchiligi bo'ylab 11 kunlik sayohat, yurtimizning diqqat sazovor hamda ommabop bo'lgan Toshkent, Qo'qon, Rishton, Marg'ilon, Buxoro, Nukus, Xiva, Shahrisabz va Samarqand shaharlari bo'ylab amalga oshiriladi.

 

Safar davomida O'zbekistoning Buyuk Britaniyadagi turistik brendi elchisi Sofi Ibbotson mehmon va ma'ruzachi sifatida xorijiy sayyohlarga hamrohlik qiladi hamda ularni yurtimizning eksklyuziv sayyohlik salohiyati bilan tanishtirib boradi.