Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston va Britaniya ingliz tilini o'qitish dasturlarini amalga oshirish bo'yicha hamkorlikni kengaytiradi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston va Britaniya ingliz tilini o'qitish dasturlarini amalga oshirish bo'yicha hamkorlikni kengaytiradi



LONDON, 3-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligining Ijodiyot, sport va ta'lim masalalari bo'yicha departamenti direktori Rupert Deniels bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Britaniya tomoni suhbotda oxirgi yillarda O'zbekistonda ta'lim sohasida olib borilayotgan keng-ko'lamli islohotlar, yoshlarning sifatli ta'lim olishi va samarali ijodiy faoliyati uchun yaratib berilayotgan sharoitlar hamda mamlakatda kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

 

Rasmiy Londonning O'zbekiston bilan maktabgacha, o'rta va oliy ta'lim sohalarida hamda kreativ iqtisodiyot yo'nalishida hamkorlikni yana-da kengaytirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanligi qayd etildi.

 

"Britaniya O'zbekiston bilan ingliz tilini o'qitish dasturlarini kengaytirish va universitetlararo aloqalarni chuqurlashtirishga tayyor", dedi Rupert Deniels.

 

Uchrashuv yakunida joriy oktyabr oyida Britaniya Biznes va savdo vazirligi delegatsiyaning O'zbekistonga safarini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.