Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniyaning nufuzli xususiy maktablaridan biri vakillari O'zbekistonga keladi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Britaniyaning nufuzli xususiy maktablaridan biri vakillari O'zbekistonga keladi



LONDON, 7-oktabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi vakillari va Britaniyaning "Harrow School"ning Osiyodagi xalqaro maktablari – "AISL Harrow Schools"ning loyihalar bo'yicha direktori Deyzi Xo o'rtasida onlayn muzokaralar tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Uchrashuv avvalida xorijiy tomon Yangi O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng-ko'lamli islohotlar bilan tanishtirildi.

 

Deyzi Xo o'z navbatida, "Harrow School"ning Osiyodagi xalqaro maktablari haqida batafsil ma'lumot berdi va "AISL Harrow Schools"ning O'zbekistonda o'z maktabini ochishga qiziqishini tasdiqladi.

Muzokaralar yakunida shu yilning 15-17-oktabr kunlari Toshkent shahrida o'tkaziladigan Markaziy Osiyo ta'lim forumida "AISL Harrow Schools" vakillarining ishtirokini ishlab chiqish bo'yicha kelishuvga erishildi.

 

1572-yilda Britaniya qirolichasi Yelizaveta I tomonidan tashkil etilgan "Harrow" maktabi Iton kolleji kabi mamlakatdagi o'quvchilarni dunyoning yetakchi oliygohlariga tayyorlab beradigan eng nufuzli bilim dargohi hisoblanadi. Maktab bitiruvchilari kelajakda o'z sohalarining yuqori professionallari bo'lib yetishishlari barobarida, yuqori lavozimlarni egallab kelmoqda. Ular orasida Britaniyaning bir qator sobiq bosh vazirlari, shu jumladan Uinston Cherchill, Hindiston sobiq bosh vaziri Javaxarlal Neru, Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy va boshqalar bor.

 

 "AISL Harrow Schools" 1998-yilda tashkil etilgan bo'lib, u "Harrow" maktabining Osiyodagi xalqaro o'quv dargohlarini boshqaradi. Hozirda uning Xitoy, Yaponiya va Taylandda 13 ta maktablari mavjud.