Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston elchisi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari bilan uchrashdi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston elchisi Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari bilan uchrashdi



LONDON, 15-oktabr. /"Dunyo" AA/. Britaniya tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Stiven Dauti Markaziy Osiyo davlatlari elchilari bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Suhbat davomida Britaniyaning mintaqa davlatlari bilan ikki va ko'p tomonlama hamkorligini yana-da rivojlantirish istiqbollari xususida fikr almashildi.

 

Xorijiy tomon Britaniya yangi hukumatining Markaziy Osiyo davlatlari bilan har tomonlama aloqalarini yanada rivojlantirish va kengaytirish manfaatdor ekanligini ta'kidladi.

 

Yuqori va oliy darajadagi siyosiy muloqotni faollashtirish, parlamentlararo hamkorlikni kengaytirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy sohalardagi o'zaro aloqalarni diversifikatsiya qilish, shuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

 

Shuningdek, uchrashuv ishtirokchilariga Yangi O'zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli chora-tadbirlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

 

Tomonlar yuqoridagi yo'nalishlarda hamkorlikni kengaytirish bo'yicha mavjud salohiyatni ro'yobga chiqarish bo'yicha amaliy chora-tadbirlarni muhokama qilish maqsadida diplomatik aloqalarni davom ettirishga kelishib oldilar.