Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston elchisi Buyuk Britaniya Parlamenti Jamoatlar palatasi a'zosi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston elchisi Buyuk Britaniya Parlamenti Jamoatlar palatasi a'zosi bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi



LONDON, 12-oktabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniya Parlamenti Jamoatlar palatasi a'zosi Afzal Xon bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Suhbat avvalida xorijiy tomon Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan keng-ko'lamli islohotlar va oxirgi yillar davomida respublikada savdo-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy sohalarda erishilgan yutuqlar hamda yaqinda davlat vakillik organlariga bo'lib o'tadigan saylovlarga tayyorgarlik jarayoni bilan batafsil tanishtirildi.

 

Britaniya Parlamenti a'zosi O'zbekistonda yuz berayotgan yangilanish va o'zgarishlarni ijobiy baholab, rasmiy London Toshkent bilan barcha jabhalarda aloqalarini kengaytirishdan manfaatdor ekanligini ta'kidladi.

 

Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni yana-da kengaytirish, xususan Britaniya Parlamentining yangi a'zolari bilan aloqalarni jadallashtirish masalalari bo'yicha fikr almashdilar.

 

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yana-da kengaytirish uchun mavjud salohiyatni ro'yobga chiqarish bo'yicha amaliy aloqalarni davom ettirish to'g'risida kelishuvga erishildi.