Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
O'zbekiston parlamentiga bo'lajak saylov Buyuk Britaniya OAV nigohida - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

O'zbekiston parlamentiga bo'lajak saylov Buyuk Britaniya OAV nigohida



LONDON, 14-oktabr. /"Dunyo" AA/. Buyuk Britaniyaning  ommabop "London Post" yangiliklar portalida "Yangi O'zbekiston: demokratik islohotlar va parlament saylovi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

 

Nashrda yozilishicha, zamonaviy iqtisodiy tizim ham zamonaviy demokratik tizim kabi har bir insonning huquq va erkinliklarini hurmat qilishni ta'minlashga qaratilgan. Ma'lumki, dunyoda demokratik taraqqiyotning yagona yo'li yo'q, bu jarayon har bir mamlakat sharoiti va xalqning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqilishi hamda shablonli yondashuvdan qochish kerak.

 

"Bir yil muqaddam O'zbekiston tarixida birinchi marta umumxalq referendumida mamlakatning yangilangan Konstitutsiyasi qabul qilindi va bu Yangi O'zbekiston qurilishining konstitutsiyaviy asoslarini mustahkamlashga xizmat qildi. Yangilangan Konstitutsiya asosida ko'plab qonunlarga o'zgartish va qo'shimchalar kiritilmoqda, yangi qonunlar qabul qilinmoqda. O'zgartirishlar davlat hokimiyatini tashkil etish, hokimiyatning qonun chiqaruvchi tarmog'i va boshqa davlat organlarini, xususan, Markaziy saylov komissiyasini shakllantirish tamoyillariga ham ta'sir ko'rsatdi", – deb ta'kidlagan muallif.

 

Maqolada, saylovlar demokratiya yo'lidagi eng muhim mezonlardan biri ekanligi alohida urg'ulangan.

 

Qayd etilishicha, 2023-yilda bo'lib o'tgan muddatidan ilgari O'zbekiston Prezident saylovi jamiyatning siyosiy yetukligini, Yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo'llab-quvvatlaganini yana bir bor namoyon etdi.

 

Navbatdagi bosqich yangilangan Konstitutsiya asosida katta vakolatlarga ega bo'lgan parlamentga saylovlardir. Konstitutsiyaga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasi parlament saylovini 27 oktyabrda o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi.

 

"Bo'lajak saylovlar O'zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy sharoitda o'tadi", – deya ma'lum qilgan "London Post".