Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Qashqadaryo viloyati hokimiga Britaniyadan maslahatchi tayinlandi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Qashqadaryo viloyati hokimiga Britaniyadan maslahatchi tayinlandi



LONDON, 4-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Qashqadaryo viloyati hokimining investitsiyalar va eksport masalalari bo'yicha yangi tayinlangan maslahatchisi – Britaniyaning "Room Seven Capital Partners" kompaniyasining boshqaruvchi hamkori Peter Margetts bilan uchrashuv o'tkazdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Suhbat davomida Qashqadaryo viloyatiga xorijiy investitsiyalarni va kompaniyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

 

Muzokaralar yakunida joriy yil 4 noyabr kuni Britaniya ishbilarmon doiralari vakillarining O'zbekistonga biznes-missiyasini tashkil etish bo'yicha kelishuvga erishildi.

 

Tashrif davomida Britaniya delegatsiyasi O'zbekistonning vazirlik va idoralarida hamda Toshkent, Qarshi va Termiz shaharlarida B2B formatida bir qator uchrashuvlar o'tkazadi.