Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani tadbirkorlarining Buyuk Britaniya poytaxtiga biznes-missiyasi tashkil etildi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani tadbirkorlarining Buyuk Britaniya poytaxtiga biznes-missiyasi tashkil etildi



LONDON, 9-noyabr. /"Dunyo" AA/. Qashqadaryo viloyati Kitob tumani investitsiyalar bo'yicha hokim o'rinbosari Baxtiyor Karimov boshchiligida ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiyaning London shahriga biznes-missiyasi tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Tashrif davomida, O'zbekiston vakillari Britaniyaning "AKS Service", "Concrete Canvas", "Lemar Food LTD", "Trade Development" yirik kompaniyalar bilan muzokaralar o'tkazishdi.

 

Ularda Kitob tumani hududida infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish, yangi ish joylarni tashkil etish, tibbiy muassasalarni qurish, hududda yetishtirilgan meva va sabzavotlarni Britaniya bozoriga eksport qilish istiqbollari ko'rib chiqildi.

 

Uchrashuvlar natijasida qator kelishuvlarga erishildi.