Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Londonda O'zbekiston dunyodagi eng yaxshi yangi sayyohlik yo'nalish sifatida tan olindi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Londonda O'zbekiston dunyodagi eng yaxshi yangi sayyohlik yo'nalish sifatida tan olindi



LONDON8-noyabr. /"Dunyo" AA/. Turizm industriyasidagi eng yirik tadbir "WTM – 2024" doirasida Londondagi dunyoga mashhur "Tate Modern" ko'rgazma galereyasida "Wanderlust Reader Travel Awards 2024" marosimi bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Buyuk Britaniyaning sayyohlari orasida mashhur bo'lgan, turizm mavzusini yoritishga ixtisoslashgan "Wanderlust" jurnali o'quvchilarining fikricha, O'zbekiston "Eng orzu qilingan rivojlanayotgan manzil" ("Most Desirable Emerging Destination") nominatsiyasida g'olib deb topildi va mukofot bilan taqdirlandi.

 

E'tiborlisi, ushbu nominatsiyada 10 ta davlat da'vogarlik qildi va yakunda bosh sovringa O'zbekiston munosib ko'rildi.

 

1993-yildan buyon chop etib kelinayotgan "Wanderlust" jurnali dunyodagi yetakchi sayyohlik bosma nashrlaridan biri hisoblanadi. Jurnal bosma shaklda va elektron formatda o'quvchilarga taqdim etiladi.