LONDON, 10-noyabr. /"Dunyo" AA/. Buyuk Britaniyada, xususan yiliga 20 milliondan ortiq sayyohlar tashrif buyuradigan London shahrida "London Toshkentga yana-da yaqinroq va qulayroq" nomli targ'ibot kampaniyasiga start berildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Kampaniya doirasida Londonning 50 dan ortiq mashhur, eng gavjum va ommabop metro bekatlarida "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasining London–O'zbekiston nomli reklama bannerlari joylashtirildi.
Mazkur tashabbus mamlakatimizni britaniyalik sayyohlar nigohida ommalashtirishga shuningdek kelgusi yillarda turistlar oqimini oshirishga qaratilgan.
Xususan, 2024-yilda O'zbekistonga Buyuk Britaniyadan tashrif buyurgan sayyohlar soni o'tgan yilning shu davriga nisbatan 70% ga ko'tarilgan bo'lib yil yakuniga qadar ular sonini 40 mingtaga yetkazish rejalashtirilgan.