Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
"London Post": O'zbekiston iqlim muammolarini yengish va ularning oqibatlarini yumshatish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

"London Post": O'zbekiston iqlim muammolarini yengish va ularning oqibatlarini yumshatish uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqda



LONDON, 12-noyabr. /"Dunyo" AA/. Britaniyaning mashhur "London Post" yangiliklar portalida "O'zbekiston iqlim o'zgarishi sohasida muhim tashabbuslarni ilgari surmoqda" sarlavhali maqola e'lon qildi, deb xabar beryapti "Dunyo" AA muxbiri.

Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev Dubayda bo'lib o'tgan COR-28 konferensiyasida O'zbekiston Parij kelishuvi doirasida iqlim o'zgarishiga moslashish bo'yicha global asosni erta kelishib olish tarafdori ekani va Markaziy Osiyo iqlim muloqoti platformasida tegishli strategiya rejasi ishlab chiqilayotgani ma'lum qilingan.

 

"Ushbu tashabbus o'tgan davr mobaynida muvaffaqiyatli amalga oshirildi, – deyiladi maqolada. – Mintaqa mamlakatlari atrof-muhitni muhofaza qilish idoralari rahbarlari va rahbar o'rinbosarlaridan iborat "Markaziy Osiyo iqlim bo'yicha muloqot platformasi" yuqori darajadagi guruhi tuzildi".

 

 Nashrda davlatimiz rahbarining iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishda ilm-fan yutuqlaridan keng foydalanish zarurligi haqidagi fikrlariga e'tibor qaratilgan hamda Toshkent shahridagi "Yashil" universitet negizida iqlim bo'yicha ilmiy forum (rezidensiya) tashkil etish va uning doirasida yerlarning degradatsiyasi, suvdan foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligi muammolarini o'qish tashabbusi bilan chiqqani alohida ta'kidlangan.

"O'zbekiston Prezidenti tomonidan global miqyosda past uglerodli iqtisodiyotga o'tish, BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi asosida Orolbo'yi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasiga aylantirish, Iqlim texnologiyalari xalqaro ekspo-xabini yaratish kabi qator tashabbuslar ilgari surildi", – qayd etgan "London Post".

 

Bundan tashqari, iqlim texnologiyalari xalqaro ko'rgazma markazi tashkil etilishi munosabati bilan O'zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tomonidan Orolbo'yi mintaqasi iqlim texnologiyalari xalqaro innovatsion markazi konsepsiyasi ishlab chiqildi, shuningdek, hududning bosh rejasini ishlab chiqish uchun pudratchi tanlash konseptual taqdimoti va texnik shartlari tayyorlandi.

 

Maqola oxirida "11-22-noyabr kunlari Boku shahrida BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha navbatdagi konferensiyasi (COR29) bo'lib o'tadi. Unda O'zbekiston iqlim muammolarini samarali hal etishga qaratilgan taklif va tashabbuslar bilan faol ishtirok etadi", – deb yozilgan.