Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Londonda O'zbekistonning investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan biznes-forum va muzokaralar bo'lib o'tdi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Londonda O'zbekistonning investitsiyaviy salohiyatiga bag'ishlangan biznes-forum va muzokaralar bo'lib o'tdi



LONDON, 16-noyabr. /"Dunyo" AA/. Joriy yilning 11-14-noyabr kunlari Buyuk Britaniya Biznes va savdo vazirligi bilan hamkorlikda O'zbekiston iqtisodiyot va moliya vazirligi boshchiligidagi delegatsiyaning Londonda bo'lib o'tgan "Jahon bozorlari sari yo'l: IPO va Yevroobligatsiyalar – "Pathway to Global Markets: IPO and Eurobonds " forumida ishtiroki tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Forumda London fond birjasi, "Franklin Templeton Investments", "PwC", "Barclays", "Deutsche Bank", "Citibank", "J.P.Morgan", "WOOD&Co", "Santander","Fieldfisher" yetakchi xalqaro kompaniyalar hamda mamlakatimizning "UzAssaets", OAJ "Navoiy KMK", "Uzmetkombinat", "UzAutoMotors", "Uztransgaz", "Uzneftegaz", "Uzbekinvest" kompaniyalari va "Sanoatqurilishbank", "Aloqabank", "Biznesni Rivojlantirish Banki" singari moliya tashkilotlari ishtirok etdi.

Tadbirda Britaniya tomoniga O'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, shu jumladan milliy iqtisodiyotni rivojlantirishni qo'llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va ularning huquqiy himoyasini ta’minlash bo'yicha qonunlar hamda yaqinda respublikada bo'lib o'tgan parlament saylovi to'g'risida batafsil so'zlab berildi.

Bundan tashqari, respublikada qayta tiklanadigan energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, elektrotexnika, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoati va ta’lim sohalarida aniq investitsiyaviy loyihalar bo'yicha taqdimotlar o'tkazildi.

Ishtirokchilar so'nggi yillarda O'zbekistonda investitsiyaviy muhit sezilarli darajada yaxshilanganligini, xalqaro kompaniyalarning mamlakatimizda biznes yuritishga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladilar. Xorij tomoni, shuningdek, moliya-bank, ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, yirik davlat kompaniyalarning xususiylashtirish jarayonida qatnashishga qiziqish bildirdi.

Forum yakunlariga ko'ra, respublikaning yirik sanoat korxonalarning kelgusida London fond birjasi bilan qimmatli qog'ozlarni sotuvga qo'yish va IPOlarni o'tkazishga birgalikda tayyorgarlik ko'rish bo'yicha kelishuvga erishildi.