LONDON, 17-noyabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi, Transport vazirligi va Londonda joylashgan "Deecon Consulting" kompaniyasi vakillari o'rtasida uch tomonlama onlayn muzokaralar o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot davomida respublika transport tizimini rivojlantirish, jumladan O'zbekiston hududida ushbu sohada yirik infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida istiqbolli loyihalar ro'yxatini shakllantirish, loyihalarni amalga oshirish yuzasidan qo'shma harakatlar rejasini ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash bo'yicha kelishib olindi.