LONDON, 21-noyabr. /"Dunyo" AA/. Britaniyaning mashhur "TripReporter" yangiliklar portalida "O'zbekistonni kashf et. Ajoyib madaniyat beshigi" sarlavhali maqola e'lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"O'zbekistonning jiddiy sayyohlik yo'nalishi sifatida tobora ommalashib borayotgani, nazarimda, o'zini to'la oqladi, – deb yozgan muallif. – U nafaqat g'ayrioddiy qadimiy tarixga va YUNESKOning Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritilgan ko'plab shaharlar – Xiva, Buxoro va Samarqandga ega, balki beg'ubor ko'chalari, issiq va mehmondo'st xalqi, mazali va rang-barang taomlari bilan ham mashhur".
Qayd etilishicha, O'zbekiston poytaxti – Toshkent shahri Xiva, Buxoro va Samarqand kabi har qanday sayyohni hayratda qoldirishi mumkin. Bu ajoyib shahar ko'pincha sayyohlik marshrutlarida e'tiborga olinmaydi, lekin menimcha, u alohida e'tiborni talab qiladi.
"Toshkent 16-asrga oid eski shahar va ayni paytda o'zining zamonaviy restoranlari, muzeylari, savdo markazlari va ko'plab binolari bilan yangi megapolisga aylangan.
"Toshkent metropoliteni Markaziy Osiyodagi eng qadimiy metro, bu shahar bo'ylab harakatlanishning arzon, tez va ishonchli usuli bo'lib, ko'plab bekatlar mavzuli san'at asarlari kabidir", – deb yozilgan maqolada.
Britaniya nashri, shuningdek, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlari haqidagi muhim ma'lumotlarni ham o'z o'quvchilari e'tiboriga taqdim qilgan.