Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Londonda "O'zbekiston va Buyuk Britaniya: Sharq va G'arb o'rtasidagi madaniy ko'prik" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Londonda "O'zbekiston va Buyuk Britaniya: Sharq va G'arb o'rtasidagi madaniy ko'prik" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi



LONDON, 30-noyabr. /"Dunyo" AA/. Mamlakatimiz elchixonasida  O'zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiyasi markazi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligida Imom Moturidiy, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlaridan iborat delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida "O'zbekiston va Buyuk Britaniya: Sharq va G'arb o'rtasidagi madaniy ko'prik" mavzusidagi tadbir o'tkazildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Tadbirda Buyuk Britaniya idoralari rasmiylari, ilmiy-akademik, ekspert-tahliliy, xorijiy diplomatik korpus vakillari hamda ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan vatandoshlar qatnashdi.

 

Taqdimot avvalida mamlakatimiz elchisi Ravshan Usmanov respublikada amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, O'zbekiston va Britaniya o'rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari to'g'risida batafsil so'zlab berdi.

 

Shuningdek, xorijiy tomonga O'zbekiston rahbariyati tomonidan olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar, ilmiy izlanishlar, tarixiy va qadimiy qo'lyozmalarni o'rganish, madaniyat va san'atni rivojlantirish, jumladan O'zbekiston zaminida yashab o'tgan mashhur allomalar va mutafakkirlarining ilmiy-ijodiy merosini asrab-avaylash ularni chuqur ilmiy tahlil etish yo'nalishlarida olib borilayotgan ishlar to'g'ridagi ma'lumotlar yetkazildi.

 

O'zbekistonning yetakchi ilmiy markazlari vakillari o'z chiqishlarida, o'z faoliyatlari haqida ma'lumotlar berishdi.

 

Anjuman doirasida O'zbekistonning boy madaniy merosi va qadimiy tarixiga bag'ishlangan asarlar va eksponatlarni o'z ichiga olgan ko'rgazma tashkil etildi. U xorijiy tomonni Sharq madaniyati, san'ati va ilmiy yutuqlari bilan yaqindan tanishtirdi.

 

Ishtirokchilar bu tadbir nafaqat O'zbekistonning madaniy merosini dunyoga tanitish, balki xalqaro do'stlik va hamkorlikni yanada mustahkamlash yo'lida ham muhim platforma bo'lib xizmat qilishi ta'kidladilar.