Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Britaniyaning noshirlik va ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi kompaniyasi O'zbekistonda qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Britaniyaning noshirlik va ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi kompaniyasi O'zbekistonda qo'shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirmoqda



LONDON, 8-dekabr. /"Dunyo" AA/.  O'zbekiston elchixonasida Britaniyaning "Hachette UK" ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi va noshirlik kompaniyasi ijrochi bosh direktori Devid Shelli bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqot chog'ida Devid Shelli "Hachette UK" kompaniyasi faoliyati haqida so'zlab berdi. Uning aytishicha, "Hachette Learning" brendi asosida kompaniya tomonidan ta'lim muassasalari va mutaxassislar ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan dasturiy ta'minot mahsulotlari ishga tushirilgan. Mazkur dasturiy ta'minot mahsulotlari istalgan yoshdagi o'quvchilar uchun mo'ljallangan.

 

"O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan keng-ko'lamli islohotlarni va yoshlarning sifatli ta'lim olishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni e'tirof etish kerak. Ushbu omillar bizni kelgusida O'zbekiston bilan hamkorliklarni yo'lga qo'yishga undamoqda", - dedi u.

 

Uchrashuv chog'ida "Hachette UK" kompaniyasi nomidan Respublika bolalar kutubxonasi uchun eng yangi kitoblar va ingliz tili darsliklari topshirildi.

 

"Hachette UK"  jahondagi eng yirik noshirlik va ta'lim xizmatlarini ko'rsatuvchi yetakchi kompaniya hisoblanadi. Uning Britaniyadagi faoliyatiga 1846-yilda yo'lga qo'yilgan. Hozirgi kunda kompaniya 12 ta noshirlik uyi va 60 ta bosmaxonaga egalik qiladi.