Elchixona bilan bog'lanish
telefoni
Konsullik masalalari bo'yicha
telefoni
Buyuk Britaniyaning nufuzli kompaniyasi O'zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi - Embassy of the Republic of Uzbekistan in the United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland

Buyuk Britaniyaning nufuzli kompaniyasi O'zbekistondagi faoliyatini kengaytiradi



LONDON, 19-dekabr. /"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyaning "The Weir Group plc" kompaniyasi vakili Rajen Govendorni qabul qildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 

Muloqot davomida "Weir Minerals" kompaniyasi tomonidan O'zbekiston tog'-kon sanoati va geologiya sohasidagi loyihalarga texnik jihatdan amaliy ko'mak ko'rsatilishi va ayrim konlar ishini yo'lga qo'yish masalalari muhokama qilindi.

 

Muzokaralar yakunida "The Weir Group plc"ning O'zbekistondagi faoliyatini kengaytirish masalasini tegishli davlat tashkilotlari bilan batafsil muhokama qilish bo'yicha kelishuvga erishildi.

 

"The Weir Group plc" xalqaro muhandislik kompaniyasi 1871-yilda tashkil etilgan. Kompaniya shtab-kvartirasi Shotlandiyaning Glazgo shahrida joylashgan. U qazilma boyliklar, neft-gaz va energetika sanoati uchun jihozlar ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatishga ixtisoslashgan.

 

Mazkur kompaniya 2022-yilda O'zbekiston bozoriga kirib kelgan va mamlakatimiz tog'-kon sanoatida bir qator loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

 

Bundan tashqari, kompaniya 2024-yilda Olmaliq tog'-kon metallurgiya kombinati bilan qo'shma loyihani amalga oshirish maqsadida Britaniyaning Eksportni moliyalashtirish agentligidan 12,6 million yevro miqdoridagi kreditni jalb qildi.